«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan 2003 yilda antiqa va'da bergani ma'lum bo'ldi.
Marca nashriga bergan intervyusida, Zidan Chempionlar ligasi kubogini yutib olganidan xursand ekanini aytgan. So'ngra 10, 11 va 12-marta ham kubokda g'olib chiqish niyati borligini bildirgan.
Eslatib o'tamiz, 2002 yilda Zidan futbolchi sifatida «Real» uchun Chempionlar ligasining 9-kubogini yutib olgan edi. 2014 yilda Karlo Anchelottining yordamchisi sifatida 10-kubokni yutib oldi. 2016 yilda esa bosh murabbiy sifatida 11-kubokni qo'lga kiritdi. Endi unda va'dasining ustidan chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat bor.