PSJ klubi bosh murabbiyi Unai Emeri “Real”ga qarshi o'yin oldidan taktik o'zgarishlarni amalga oshirdi.
Ya'ni Unai Emeri “Real”ga qarshi birinchi uchrashuvda maydonga tushgan futbolchilarni javob o'yinida maydonga tushirmaslikka qaror qilgan.
Ispaniyalik mutaxassis dushanba kundan boshlab, jamoa himoya chizig'ida o'zgarishlarni amalga oshirgan bo'lib, bugungi o'yinga Tiagu Silva va Leyven Kurzavalarni maydonga tushirishi kutilmoqda. Bu ikki futbolchi Kimpembe va Berchiche o'rinlarini egallaydi.
Shuningdek, Tyagu Motta yosh futbolchi Jovanni Lo Chelso o'rnini bosishi kutilmoqda. Shunday qilib, jarohat olgan Neymarni ro'yxatga qo'shganda parijliklar tarkibida to'rt o'zgarish kuzatiladi.