"Park de Prins"dagi atmosfera haqida:
"Biz bunga tayyormiz. Biz faqat o'yin haqida 11 kishiga qarshi 11 kishi jang haqida o'ylayapmiz. Atmosfera og'ir bo'ladi. Siz "Madrid"da qanday o'ynaganimizni bilasiz, futbol maydoni baribir futbol maydoni qayerda bo'lsa ham."
Fransiyaga qaytish haqida:
"Har doim bu yerga qaytish yoqimli. Biz bu yerga futbol o'ynash uchun keldik. Men uchun hozirda eng asosiysi bugungi ishim. Mening shaxsiy xayotim qizig'i yo'q. "PSJ" qarshi bizni katta o'yin kutib turubdi. Turnirda qolish uchun barcha kuchimizni ishga solamiz. Umid qilaman yakun biz uchun yaxshi bo'ladi."
Di Mariya haqida:
"Neymar o'rnini Di Mariya egallashi hech narsani o'zgartirmaydi, lekin ular umuman boshqa tipdagi futbolchi. Biz Anxelni juda yaxshi bilamiz, u "Qirollik klubi" tarixidan joy olgan futbolchi. U har qaysi pozitsiyada o'ynay oladi."
Hammasiga tayyormisiz?
"Ular 100% tayyor bo'lishi kerak. Men hech qachon 70% tayyor bo'lgan futbolchini o'yinga qo'ymayman. Bu yerda kim bo'lsa hammasi uchrashuvga tayyor."
Bobojonov