"PSJ" o'ng qanot himoyachisi Dani Alves o'yindan oldin bosh murabbiy bilan press-konferensiyada qatnashdi.
"Biz "Madrid"ga qarshi o'yinda uchrashuvni nazoratimizda ushlab turdi, lekin yakunda jamoaga tajriba yetishmadi. Bunday saviyadagi jamoalarga qarshi hech qachon bo'shashmaslik kerak. 80 daqiqagacha ajoyib tarzda o'ynadik, ammo so'nggi 10 daqiqa. Chempionlar Ligasida yutuqga erishish uchun 95 daqiqa bor kuch bilan harakat qilish kerak. Uyimizdagi atmosfera aqlbovar qilmas darajada bo'ladi, ammo biz o'z ishimizni uddalay olmasak hammasi befoyda. Biz "Real"ga uyimizda yengilmas ekanligimizni ko'rsatishimiz kerak", - deydi himoyachi.
Bobojonov