Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan PSJga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Xetafe”ga qarshi o'yin natijasidan mamnunman. Endi butun fikrimiz seshanba kunga qaratiladi.
Hozirda “Real” to'rt kun avvalgi holatidan yaxshiroq, ammo seshanba kuni biz bundanda kuchli o'yin namoyish qilishimiz kerak bo'ladi. Ronaldu Parijda o'ynaydi va men xursandman, chunki u ajoyib formada”, - deydi Zidan.