"Real" yarimhimoyachisi Kazemiro EChL nimchorak finalida "PSJ"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
Birinchi o'yinda madridliklarning qo'li balan kelgan - 3:1.
"Neymar bilan gaplashganim yo'q. Bunday o'yinlarda hamma ishtirok etishi kerak u esa o'ynay olmaydi. Ammo "PSJ"da top-saviyadagi o'yinchilar ko'p. Masalan, Di Mariya o'ynashi mumkin.
Biz ustun bo'lamiz, ammo "PSJ" - qiyin raqib. Ular bizga muammolar yaratishi mumkin. BU qoyilmaqom o'yin bo'ladi.
Umid qilamanki, Modrich va Kross o'ynay oladilar. Buni tasdiqlay olmayman. Ammo ularning tayyor bo'lishini istayman. Ular bilan birga o'ynashga o'rganib qolganman", - deydi Kazemiro.
Javob uchrashuvi 6 mart kuni "Park de Prens" stadionida bo'lib o'tadi.