Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 27-tur doirasida “Xetafe”ga qarshi o'yinda dubl muallifiga aylandi.
Ronaldu ikkinchi golini bosh bilan urdi va shunday qilib, futbolchi Ispaniya chempionatida bosh bilan urilgan gollari sonini 50 taga etkazib oldi.
Bu esa primeroda harakatlangan futbolchilar orasida 2003/2004 yil mavsumidan keyingi eng yaxshi natija hisoblanadi.