«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan La liganing 27-turi doirasida bo'lib o'tgan «Xetafe»ga qarshi o'yindan (3:1) keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Bugungi o'yinimiz va natijadan qoniqish hosil qildim. Endi bor e'tiborimizni seshanba kuni bo'ladigan bahsga qaratamiz.
Hozirda «Real» 4 kun avvalgiga nisbatan yaxshi holatda. Ammo seshanba kuni yanada yaxshiroq o'ynashimiz kerak. Ronaldu Parijdagi o'yinda ishtirok etadi. U hozir ajoyib formada», — dedi Zidan.
«Real» 6 mart, seshanba kuni Evropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi doirasida «PSJ»ga qarshi javob bahsini o'tkazadi. Madridda bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda Zidan shogirdlari 3:1 hisobida g'alaba qozonishgan.