Zagrebning "Dinamo" klubi sobiq prezidenti Zdravko Mamich ustidan sud jarayonida "Real" yarimhimoyachisi Luka Modrich yolg'on guvohlik berishda ayblanmoqda.
Bu haqida Xorvatiyaning Vecernji List gazetasi xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, Modrichning 2015 va 2017 yillarda bergan guvohligi bir-biriga to'g'ri kelmayapti. Agar Xorvatiya sudi Modrichning yolg'on ko'rsatmalarini isbotlasa, futbolchiga 5 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Zdravko Mamich 20 mln evro miqdorda soliq to'lamagni uchun sud qilinmoqda.