"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning fikricha, "PSJ"ga qarshi EChL nimchorak finalining javob uchrashuvida hujumchi Neymarning qatnashmasligi madridliklarga osonlik tug'dirmaydi.
Neymar jarohati tufayli 6 mart kuni Parijda bo'lib o'tadigan uchrashuvda qatnasha olmaydi. Birinchi o'yinda "Real" 3:1 hisobda g'alaba qozongan edi.
"PSJ - kuchli jamoa va Neymarning o'rnini yaxshi futbolchi to'ldiradi, - deydi Zidan. - Shuning uchun uning yo'qligi bizga osonlik tug'dirmaydi. Biz uning jarohat olganidan afsusdamiz".