Ispaniya chempionatining 36-turida "Real" va "Granada" (4:0) uchrashuvida qiziq voqea ro'y berdi, deya xabar beradi Marca.
"Granada" bosh murabbiyi Toni Adams o'yin vaqtida pidjagini echdi va jiletning o'zida qoldi. Bu holat "Real" zaxira o'rindig'idagi futbolchilarga g'alati ko'rindi. Ular o'zaro hazillasha boshladilar, ammo Isko hammadan o'tib tushdi. U angliyalik mutaxassisga qarata: "Ofitsiant, bir shisha koka-kola keltiring" deya qichqirdi.
Bundan tashqari, hujumchi Mariano Adamsning harakatlariga taqlid qildi.