Braziliya terma jamoasining jismoniy tayorgarlik bo'yicha murabbiyi Fabio Maxserejyan "PSJ" hujumchisi Neymarning JCh-2018 musobaqasining birinchi uchrashuviga tayyor bo'lishini aytdi
"Neymarning JCh-2018 musobaqasi birinchi o'yiniga tayyor bo'lishiga ishonaman. Birinchidan, u o'zi haqida qayg'uradigan atlet. Buning ustiga har kuni fizioterapevt va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy uning atrofida parvona. Ikkinchidan, Neymar ortiqcha vazn to'plamaydi, unda bunday muammo yo'q. Uchinchidan, u yosh va futbol o'ynashga chanqoq. Bularning hammasi jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonini osonlashtiradi. Buning uchun unda etarli vaqt bor", - deydi Maxserejyan.
Neymar Frantsiya chempionatining 27-turida "Marsel"ga qarshi o'yinda jarohat olib uch oyga safdan chiqqan edi.
JCh-2018 da Braziliya termasi birinchi o'yinni 17 iyun kuni Rostov-Don shahrida Shveytsariyaga qarshi o'tkazadi.