Ispaniya chempionatining 26-turida "Las-Palmas" huumchisi Xonatan Kaleri "Barselona" darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi (1:1).
Shu tariqa, 78 o'yindan buyon kataloniyaliklar darvozasiga penalti belgilanmagan o'yinlar seriyasi nihoyasiga etdi.
Bu klubning rekord seriyasi bo'ldi va ikki yildan oshiq vaqt davom etdi. "Barsa" darvozasiga oxirgi marta 2016 yilning 14 fevralida penalti tepilgan edi.
Ta'kidlash joiz, "Real"da bu kabi seriya ikki marta qayd etilgan va har safar o'yinlar soni 88tani tashkil qilgan (1953-1956, 1969-1972).