Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz Madridning "Real" klubi yarimhimoyachisi Garet Beyl Chempionlar Ligasi 1/8 final "PSJ"ga qarshi dastlabki uchrashuvda maydonga tushmaganidan norozi ekanligini ma'lum qildi.
"Men Garetni o'tgan haftada ko'rdim va u "PSJ" bilan o'yinda zahirada qolganidan ko'ra baxtliroq edi. Beyl so'nggi o'yinlarda asosiy tarkibda ko'rinishi berdi va holati "PSJ" bilan o'yindan keyingi xolatdan yaxshiroqligini guvohi bo'ldim. Men uning kelajagi haqida biror narsa deya olmayman. U katta klub futbolchisi va har doim diqqat markazda bo'ladi", - deydi bosh murabbiy.