"PSJ" hujumchisi Neymar hafta oxirida operatsiya qilinadi."PSJ" klubi va Braziliya terma jamoasi shifokorlari shu qarorga kelishdi.
Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi.
26 yoshli futbolchini Braziliya terma jamoasi shifokori Rodrigo Lasmar operatsiya qiladi, unga "PSJ"dagi hamkasbi Jerar Selen yordam beradi.
Neymar "Marsel"ga qarshi uchrashuvda (3:0) jarohat olgan, unga beshinchi panja suyagi yorilishi tashxisi qo'yilgan edi.
Shu tariqa, futbolchi EChL 1/8 finalining javob uchrashuvida "Real"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin.