“The Independent” nashrining yozishicha, “Real”ning yozgi transferlardagi maqsadi o'zgardi. Endi “qirollik klubi” Keynni xarid qilmaydi.
Manbada yozilishicha, Madrid klubi Keynning o'rniga Levandovskini xarid qilmoqchi. Bunga Keynni sotib olishning juda qiyinligi sabab bo'lgan. O'z navbatida “Real” “Bavariya” Levandovskini sotishiga ishonmoqda.
Polshalik futbolchining transfer narxi 150 mln evroga teng. “Real” mazkur transferga ayni damda “Bavariya”da ijara asosida o'ynayotgan Xames Rodrigesni ham qo'shishi mumkin.