“Real” a'zosi Garet Beyl “Espanol”ga qarshi o'yinda maydonga tushdi. Bu uning ketma-ket 8-o'yini bo'ldi. Ma'lumotlarga ko'ra, Beyl uch yil deganda ilk bor ketma-ket 8 ta o'yinda maydonga tushdi.
Uelslik futbolchi 2015 yilda ketma-ket 24 ta o'yinda maydonga tushgandi. Undan keyingi ko'rsatkichlari esa ketma-ket 7 ta o'yindan oshmagan.