"PSJ" hujumchisi Neymar oltidan sakkiz haftagacha muddatga safdan chiqdi. Bu haqida futbolchining otasi ESPN Brasil nashriga ma'lum qildi.
Neymar Frantsiya chempionatining 27-turida "Marsel"ga qarshi o'yinda (3:0) jarohat olgan edi. Futbolchiga to'piq paylarining cho'zilishi va beshinchi panja suyagi darz ketishi tashxisi qo'yilgan.
Shu tariqa braziliyalik futbolchi EChL pley-offida "Real"ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazib yuboradi.