Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Espanol”ga qarshi uchrashuvdagi mag'lubiyatdan so'ng Ramosning so'nggi daqiqalara hujumga o'tib o'ynagani haqida gapirib berdi.
– Ramos o'yinning so'nggi daqiqalarida hujumchi vazifasini bajardimi?
– Qachon-ki tabloda hisob 0:0 ekan, Ramos oldingi chiziqda o'ynashi mumkin. Chunki, bugun, g'alaba qozonishni juda ham istagandik. Ammo...
Eng yomoni, biz qo'shib berilgan daqiqalarda mag'lub bo'ldik. Omad kelmagan o'yinlarda hujum chizig'ini qancha kuchaytirsang ham foydasi bo'lmasligini bugungi o'yin ko'rsatib berdi”, – dedi Zidan.