Madridning “Real” klubi darvozaboni Keylor Navas “Espanol”ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatga izox berdi.
“Afsuski, o'yin bizning foydamizga hal bo'lmadi. Lekin professional tomondan yondoshganda, etakchilarga hali eta olmasligimizni tushunishiz kerak.
Albatta, mag'lubiyatdan qattiq xafaman. G'alaba qozonishni istagandik. Bu o'yin bizga chinakam dars vazifasini o'tab berdi.
Bugungi mag'lubiyat orqaga tashlangan qadam deb o'ylamayman. Ba'zida g'olib ba'zan mag'lub bo'lasan, engilmasligimizni isbotlash uchun yana ko'proq ishlashimiz kerak”, – dedi Navas.