Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Espanol”ga qarshi uchrashuvdagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
– Jamoaga g'alaba qozonishi uchun nima etmadi?
– Biroz omad etishmadi deb o'ylayman. Birinchi bo'limni yaxshi boshlay oldik. Bir qancha xavfli vaziyatlar yaratdik, lekin foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda o'z o'yimizni ko'rsata olmadik.
– Nima uchun ikkinchi bo'limdagi o'yin yomonlashib ketdi?
– Futbolni tushunish qiyin. Ba'zida, omadsiz vaziyatlarni qabul qilishga to'g'ri keladi. Ketma-ket beshta omadli o'yindan so'ng yaxshi natijamizni afsuski, takrorlay olmadik.
– “Real” mag'lubiyatga loyiq edimi?
– Biz bugun mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmadik. Mag'lubiyat juda ham ko'nglimni og'ritdi. “Espanol”da gol urishi uchun imkoniyatlari kam bo'ldi. Bu juda ham yomon natija”, - dedi Zidan.