Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa etakchisi Krishtianu Ronalduning jismoniy holati haqida fikr bildirdi.
“Ronalduning hozir jismoniy holatining cho'qqiga chiqishini rejalashtirganmidim? Krishtianu o'zini yaxshi biladi va u bilan biz tez-tez suhbatlashib turamiz.
Ammo bizga uning jismoniy holati kerakli bo'lgani muhimroq hisoblanadi. Ronaldu vaqti-vaqti bilan dam olib turishi kerakligini biladi. Mavsum uzoq, bundan tashqari u jahon chempionatida ishtirok etishi kerak. Futbolchilar mundial haqida bosh qotiradilar. Buni o'zim ham boshdan o'tkazganman”, - deydi Zidan.