Madridning “Real” klubi bugun, 27 fevral kuni Ispaniya chempionatining 26-tur doirasida “Espanol” maydoniga safar uyushtiradi.
“Qirollik klubi” bosh murabbiyi Zineddin Zidan mazkur uchrashuvda maydonga tushishi mumkin bo'lgan 19 nafar futbolchi ro'yxatini e'lon qildi.
E'tiborlisi, “Real” jamoasining etakchi futbolchilaridan biri Krishtianu Ronaldu bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Ma'lum bo'lishicha, Zidan Ronalduga “PSJ”ga qarshi o'yin oldidan dam berishga qaror qilgan.
Shuningdek, Kazemiro oshqozonidagi muammo tufayli Kataloniya jamoasiga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi.
Quyida “Real”ning “Espanol”ga qarshi kengaytirilgan tarkibi bilan tanishishingiz mumkin:
Darvozabonlar: Navas, Kasilya, Lyuka Zidan.
Himoyachilar: Karvaxal, Varan, Ramos, Nacho, Teo Ernandes, Ashraf Xakimi.
Yarim himoyachilar: Oskar, Lorente, Asensio, Isko, Kovachich, Sebalos.
Hujumchi: Benzema, Beyl, Lukas Vaskes, Mayoral.
Ma'lumot uchun, “Espanol” – “Real” bahsi Toshkent vaqti bilan bugun, 27 fevral kuni tungi soat 00:00 da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu “Levante”ga qarshi o'yinda ham qaydnomaga kiritilmagandi.