“Real Madrid”ning etakchi futbolchisi Krishtianu Ronaldu jurnalistlar bilan suhbatda o'ziga xos jumlalarni gapirdi.
“Ortiq hech narsani orzu qilmayman. Men shu qadar ko'p kubok, haddan ziyod titullarga erishdimki, undan ortig'ini so'rash noshukurlik bo'ladi. Hech qachon faoliyatim bunchalik bo'ladi, deb tasavvur etmagandim. Yaratgan menga hamma narsa berdi. Nolishga asos yo'q. Hayotdan nimaniki so'ragan bo'lsam, ortig'i bilan oldim. Albatta, bu to'xtab qolaman degani emas. Qaniydi, terma jamoam bilan Jaxon chempioni bo'lsam, yomon bo'lmasdi…”, dedi Ronaldu.