"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoaning sobiq futbolchisi Alvaro Morata aytgan so'zlarga javob berdi.
Hozirda "Chelsi" sharafini himoya qilayotgan Morata Madridda o'ynagan chog'ida frantsiyalik mutaxassis uni kuchli jamoalarga qarshi o'yinlarga qo'ymaganidan yozg'irgan edi.
"Men uchun muhim bo'lmagan o'yinlar yo'q. Har biri boshqasidan ajaralib turadi. Albatta, hammaning "PSJ" kabi kuchli jamoalarga qarshi o'ynagisi keladi. Asosoysi o'zingni jamoa uchun muhim futbolchi deb bilish. Morata o'tgan mavsumda ko'p o'ynadi va o'zini ko'rsatdi", - deya Zidanning so'zlarini keltiradi Marca.