"Real" yarimhimoyachisi Lukas Vaskes Evropa chempionatlari ichida golli uzatmalar bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lib turibdi.
26 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatida har 135,71 daqiqada golli uzatma beryapti.
Unga eng yaqin futbolchi "PSJ" hujumchisi Neymar bo'lib turibdi, braziliyalik har 137,35 da golli uzatma oshirgan. Messida bu ko'rsatkich 182,5 daqiqani tashkil qiladi
Vaskes bu mavsumda 22 o'yinda 3 ta gol urgan va 7 ta golga to'p oshirgan.