"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski klubini tark etmoqchi, deya xabar beradi britaniyaning Sky Sports nashri.
Agar polshalik futbolchi "Bavariya" rahbarlaridan ruxsat ololsa, yozda uning uchun "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari kurashadilar. Yaqin ikki hafta ichida Leandovski kelajagi oydinlashadi.
29 yoshli futbolchining myunxenliklar bilan shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan. Levandovski yaqinda o'z agentini o'zgartirgan, endi uning qiziqishlarini Pini Zaxavi himoya qiladi.