Braziliya terma jamoasi safida ikki marta jahon chempioni Kafu "Real" klubi va Ispaniya termasi himoyachisi Daniel Karvaxal sha'niga iliq so'zlarni aytdi.
"Karvaxal uda yaxshi o'yinchi, Dani Alvesdan keyin eng yaxshilardan biri. U bir necha yildan buyon yuqori saviyada o'ynab kelyapti, u oldinga intilishni ham, himoyada mustahkam turishni ham biladi. "Real"da anchadan beri uningdek qanot himoyachisi bo'lmagan edi", - deydi Kafu.
26 yoshli Karvaxal bu mavsumda primerada 18 uchrashuv o'tkazdi va bir golga to'p oshirdi.