Portugaliya terma jamoasi va "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu orzulari bilan o'rtoqlashdi.
"Agar mendan yana qayndaydir sovrinni yutishni istaysanmi, deb so'rasangiz, jahon chempionatida g'olib chiqishni aytaman. Agar faoliyatimni hozir yakunlaydigan bo'lsam, shuda faxr bilan va baxtiyor holda tugatar edim. Faoliyatim bunchalik muvaffaqqiyatli kechishini o'ylamagan edim.
Atrofimda meni sevadigan va doim men bilan birga bo'ladigan insonlar yig'ilgan. Marselo va Kazemironing aytishlaricha, Braziliyada ko'pchilik meni qo'llab-quvvatlar ekan. Bu meni xursand qiladi.
Har doim professional futbolchi bo'lishga intilganman va Portugaliya termasida o'ynashni orzu qilganman. Men Ruy Koshta, Fernando Koutu va Figu o'yinlarini tomosha qilganman va ular bilan birga to'p surishni orzu qilganman", - deydi Ronaldu.