"PSJ" hujumchisi Neymar "Marsel" bilan uchrashuvda o'ng oyog'i to'pig'ini qayirib oldi va buning natijasida uning beshinchi panja suyagida yoriq paydo bo'lgan.
Bu haqida parijliklar rasmiy sayti xabar qildi.
Bunday jarohatlarni o'z vatida Marselo, Toni Kroos, Xabi Alonso kabi futbolchilar olgan. To'liq tiklanishlari uchun bir necha hafta kerak bo'ladi, bu Neymarning "Real"ga qarshi maydonga tushmasligini bildiradi.
Ammo istisno holat ham bo'lgan: "Valensiya" yarimhimoyachisi Gonsalu Guedesh xuddi shu beshinchi panja suyagi yorig'i bilan "Barselona"ga qarshi to'liq o'yinni o'tkazgan.
Nima bo'lganda ham Neymar Frantsiyakubogida "Marsel"ga qarshi va chempionatda "Trua"ga qarshi o'yinlarni aniq o'tkazib yuboradi.