"Pari Sen-Jermen" klubi Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi javob o'yinida yana bir futbolchining xizmatidan foydalana olmasligi mumkin. Bu haqda Paris United xabar tarqatdi.
«Marsel»ga qarshi o'yinda jamoa yarim himoyachisi Markinos jarohat olgan. Futbolchining boldir mushagida muammolar yuzaga kelgani aniqlangan. Endi uning «Real»ga qarshi o'yindagi ishtiroki so'roq ostida qolmoqda. Markinos «Marsel»ga qarshi bo'ladigan Frantsiya kubogi bahsini o'tkazib yuboradi.
Avvalroq "PSJ" hujumchisi Neymar ham jarohat olgani hamda u "Real"ga qarshi javob o'yinida ishtirok eta olmasligi haqida ma'lumot bergandik.