Madridning "Real" klubi kanteranosi Omar Maskarell yozda Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasida qayta sotib olinadi. "Qirollik klubi" futbolchi ushbu yozda "Ayntraxt"ga 4 mln yevro evaziga qayta sotib olish huquqi bilan sotib yuborgan edi. Endilikda jamoa aynan ushbu banddan foydalangan xolda 4 mln evaziga futbolchini ortga qaytarmoqchi.
Hozirgi kunda Maskarellga Bundesliganing boshqa bir klublari va Angliya jamoalarida jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda. Shu sababli jamoa uni qayta sotib olib qimmatroq narxga sotishni reja qilayapdi. Xabarlarga ko'ra madridliklar futbolchining narxini 15 mln yevroga baxolagan.
Omar mavsumning katta qismini jarohatlar ostida o'tkazdi va hozirda jarohatidan qutilganidan so'ng jamoaning barcha turnirlarida 6 ta o'yinda qatnashib 1 ta golga mualliflik qilgan. Shuningdek, hozirda uning jamoasida Germaniyada 3-pog'onadan joy olgan.
Bobojonov