“Ayntraxt” klubi yarim himoyachisi Umar Maskarel “Real”ning mavsum orasidagi ilk transferi bo'ladi.
Madrid jamoasi xavbekni 2016 yil sotib yuborgandi, endi esa 25 yoshli futbolchini kelishuvdagi 4 million evro evaziga sotib oladi.
“Real” Maskarelni Bundesliganing boshqa jamoasiga taxminan 15 million evro atrofiga ham sotishi mumkin edi. Biroq, futbolchining o'zi Madridga qaytishni istagan.
Shuningdek, “Ayntraxt” “Real” yarim himoyachisi Markos Lorenteni sotib olish sharti bilan ijaraga olishi mumkinligi aytilmoqda.