“Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan PSJ hujumchisi Neymarning Parijda bo'lib o'tadigan javob uchrashuviga qadar tiklanishini istamoqda.
“Neymar bizga qarshi o'yinda maydonga tushishini istardim. Qaysi futbolchi bo'lishdan qat'iy nazar hech kimning jarohat olishini umuman xohlamagan bo'lardim. Umid qilamanki, Neymar jarohatidan forig' bo'ladi va “Real”ga qarshi uchrashuvda jamoasiga yordam beradi”, – dedi Zidan.
Eslatib o'tamiz, Neymar kecha “Marsel”ga qarshi uchrashuvda to'pig'idan jarohat olgandi.