"PSJ" huzumchisi Neymar EChL 1/8 finalida "Real"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi, deya xabar beradi Sky Sports.
Bugun braziliyalik 26 yoshli futbolchi jarohati suratini ijtimoiy tarmoqlarning birida e'lon qildi - uning oyog'i gipslangan.
OAV xabarlariga ko'ra, futbolchining suyagi but, jiddiy pay cho'zilishi ro'y bermagan. Uning tiklanish muddati aniqlanmagan.
"PSJ" - "Real" uchrashuvi 6 mart kuni Parijda bo'lib o'tadi.