"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati va Portugaliya terma jamoasining JCh-2018 dagi vazifasi haqida gapirdi.
"Beshta "Oltin to'p" olishni orzu qilmagan edim. Agar hozir faoliyatimni tugatsam, erishganlarimdan mamnun bo'laman. O'ylagan barcha orzularimga etdim. Shu bilan birga yangi sovrinlar va mukofotlar yutish uchun o'zimda kuch etarli deb sezyapman.
Jahon chempionatida Portugaliya favorit emas. Musobqada nomi ulug'roq raqiblar bor - Braziliya, Ispaniya, Germaniya, Argentina. Ammo futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz avvalo guruhdan chiqishimiz kerak, keyin - ko'ramiz. Asosiy vazifa - pley-offga chiqish", - deydi Ronaldu.
Portugaliya termasi JCh-2018 musobaqasida Ispaniya, Eron va Meksika bilan bir guruhda kurash olib boradi.