Bugun, 26 fevral kuni "PSJ" hujumchisi Neymar qo'shimcha tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Futbolchi kecha Frantsiya chempionati doirasida "Marsel" bilan uchrashuvda (2:0) arohat olgan. Uning EChL nimchorak finalida "Real"ga qarshi javob uchrashuvida maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.
Globo Esporte nao'ri xabariga ko'ra, Neymarning oyog'ida o'tkazilgan birinchi ultratovush tekshiruvi shuni ko'rsatdiki, uning oyoq suyaklari sinmagan. Bugun qo'shimcha tekshiruvlar o'tkaziladi va futbolchining tiklanish muddatlari aytiladi.
"PSJ" - "Real" uchrashuvi 6 mart kurni Parijda bo'lib o'tadi, birinchi o'yinda madridliklar 3:1 hisobida ustun kelganlar.