"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "MYu" hujumchisi Antoni Marsial xizmatlariga qiziqmoqda, deya xabar beradi RMC.
Managa ko'ra, mavsum tugagach madridliklar bu futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun harakat qiladilar.
Marsial "MYu"da o'zini baxtiyor his qilmayapti. Klub unga hamon yangi shartnoma taklif qilgani yo'q.
Avvalroq, Marsialga "Tottenhem" va "Inter" klublari ham qiziqayotgani xabar qilingan.