"PSJ" bosh murabbiyi Unai Emerining aytishicha, jamoa hujumchisi Neymarning jarohati jiddiy emas.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi Frantsiya chempionatining 27-turida "Marsel"ga qarshi uchrashuvda (3:0) to'pig'ini qayirib oldi va maydonni zambilda tark etdi.
"Neymar to'qqiz kundan so'ng EChL nimchorak finali javob uchrashuvida "Real"ga qarshi maydonga tushishi mumkin", - dedi Emeri matbuot anjumanida.