"PSJ" hujumchisi Neymar Frantsiya chempionatida "Marsel" bilan uchrashuvda (3:0) ikkita golga assistentlik qildi va o'yin oxirida jarohat oldi.
Braziliyalik futbolchi yarimhimoyachi Buna Sarr bilan yakkakurashda oyog'ini erga noqulay qo'ydi. Natiada uni maydonda zambilda olib chiqib ketishdi
Shu tariqa, Neymar EChL 1/8 finalida "Real"ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.