Sobiq "Real Madrid" yarimhimoyachisi Sami Xedira final oldidan intervyu berib o'tdi.
"Bu o'yinda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. "Real"da kuchli hujum chizig'i bor, biz esa haqiqiy jamoa bo'lib himoyalanishimiz kerak. "Real"da menga oson bo'lmagan edi. U yerda siz 10 ta yuqori darajali uchrashuv o'tkazib, 11-sida xato qilsangiz siz allaqachon tanqidlar ostida qolasiz. Bunday bosimlarni yengish oson emas. Hozirda menda "Yuventus"dan ketish haqida hech qanday sabab ko'rmayapman. Bu yerda juda baxtliman va so'zsiz "Yuve"da shartnomam yakuniga yetguncha qolishni ostayman (2019)." - deydi Xedira Kicker nashriga bergan intervyusida.