"Chelsi" rahbariyati belgiyalik hujumchi Eden Azarni jamoada olib qolish harakatida.
Don Balon xabariga ko'ra, londonliklar futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchilar va unga ko'ra hujumchining maoshi yiliga 15 million funtni tashkil qiladi.
Avvalroq Azar "Real"ga o'tish uchun "Chelsi"ni tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
27 yoshli Azar bu mavsumda 36 uchrashuvda 15 ta gol urgan va 5 ta golga to'p oshirgan.