“Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Alaves”ga qarshi uchrashuvdan (4:0) so'ng fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi.
“Birinchi bo'limda biroz qiynaldik. Himoya qo'rg'onimizni kuchaytirishimiz kerak. Chunki raqib ojiz tomonlarimizdan har bir daqiqada foydalanib qolishi mumkin. “Real” darvozasi har bir o'yinda dahlsiz qolishini istayman.
Bunday o'yinlar o'zimizga bo'lgan ishonchni qaytaradi. PSJga qarshi o'yindan so'ng o'ylaymanki, hammasi yaxshi ketyapti. Mavsumning qolgan qismini shunday yuqori kayfiyatda davom etishga majburmiz.
Eng muhimi kiyinish xonasidagi muhitning yaxshiligi hisoblanadi. Bu bizning eng yaxshi omillarimizdan biri sanaladi. “Real” qiyin vaziyatlardan o'tib oldi. Bugun Ronalduning Benzemaga mehribonchiligi menga juda ham yoqdi. G'alabadan xursandman”, – deydi Zidan.