Madridning “Real” klubi joriy mavsum barcha musobaqalarda 100 ta gol urgan ilk Ispaniya jamoasi bo'ldi.
Hujumchi Krishtianu Ronaldu “Alaves”ga qarshi uchrashuvda (4:0) dubl muallifiga aylandi, Garet Beyl vaKarim Benzemalar ushbu o'yinda bittadan gol urishdi.Shu bilan “Real”joriy mavsumdagi 100, 101, 102 va 103-gollarini urdi.
Ma'lumot uchun, “Real” futbolchilari La ligada 62ta, Ispaniya kubogida 11ta, Ispaniya Superkubogida 5ta, EChLda 20ta, Evropa Superkubogida 2ta vanihoyat klublar o'rtasidagi jahon chempionatida 3 ta gol urishga erishgan.
“Barselona” hisobida esa 92ta gol bor. KatalonikyaliklarLa ligada 62ta,Ispaniya kubogida19ta, EChLda 10ta va Ispaniya Superkubogida atigi 1ta gol urgan.