"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Real" safidagi eng muhim futbolchining nomini aytib, ko'pchilikni hayron qoldirdi.
"Hozir hamma Isko yoki Beyl haqida gapirmoqda. Ammo men "Real" uchun eng muhim futbolchi sifatida Kazemironi aytgan bo'lardim. Kazemirosiz "Real" hozirgidek o'ynay olmagan bo'lardi.
Aynan ushbu futbolchi "qaymoqranglilar" o'yiniga muvozanat beradi. O'ylaymanki, uning harakatlari jamoaning poydevori hisoblanadi. Uning texnikasi juda yaxshi emas, ammo u juda muhim ishni bajaradi.
Kazemiro jamoaga yaxshi muvozanat beradi. Boshqa futbolchi bu ishni bajara olmagan bo'lardi", – dedi Allegri.
Eslatib o'tamiz, Evropa chempionlar ligasi finali 3 iyun kuni Uels poytaxti Kardiffdagi "Millenium" stadionida bo'lib o'tadi. "Yuventus" – "Real" o'rtasidagi o'yinni Brix boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradi.