"Real" sardori Serxio Ramos Evropa ligasi doirasida "Atletik" - "Saprtak" uchrashuvi oldidan muxlislar o'rtasida kelib chiqqan voqealarga munosabatini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, tartibsizlik oqibatida mahalliy politsiyachining yuragi xuruj qilgan va shifoxonada vafot etgan edi.
"Futbol, sport va jamiyat zo'ravonlikka, qo'rquvga va odamlar hayotiga befarq bo'la olmaydi. Biz harakat qilishimiz kerak. O'zgartirishlar kiritish kerak", deb yozadi Ramos ijtimoiy tarmoqlarning biriga.