“Real” klubi himoyachisi Daniel Karvaxal murabbiy Zidan bilan barchasiga tayyor ekanligini ta'kidlab o'tdi.
“Tarkibimizda 24 futbolchi bor. Hammaning ham o'ynagisi keladi. Kimdir o'ynamasa uning jahli chiqmaydi, bu bilan hatto jamoa ham aziyat chekishi mumkin. Futbolchida o'ynash istagi borligi va buni namoyish etib berishi albatta, yaxshi.
Shundoq ham oldimizda ko'p o'yinlar bor, murabbiy esa tarkibni o'zgartirib turadi. Hammamiz murabbiy uchun kerakmiz. Bizni navbatdagi o'yin kutib turibdi, so'ngra seshanba kuni yana muhim uchrashuv bor. Raqibga etarlicha muammo tug'dirish uchun tayyorgarlik ko'rish lozim.
Hammasini murabbiy hal qiladi. Biz jamoadoshlar bilan Zidan uchun o'lishga ham tayyormiz”, - deydi Karvaxal.