Madridning“Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Alaves”ga qarshi o'yin oldidan intervyu berish davomida Garet Beylning jamoada muhim vazifalardan birini bajarishini aytib o'tdi.
“Beyl? U bizning jamoa uchun doim muhim futbolchilardan biri bo'lib qolaveradi. Garet avvalgi sport formasini tiklash uchun harakatdan to'xtamayapti. Men uni yana safdan chetga chiqishini hech qachon istamagan bo'lardim. Beyl “Real”da yana muhim vazifalarni bajarishni boshlamoqda.
Sebalos? Ha, aybim borligini tan olaman. Futbolchini 30 soniya uchun maydonga tushirish o'zimga ham yoqadi deb o'ylaysizmi? Uning “Alaves”ga qarshi o'yinda ikkita gol urganini yaxshi eslayman. “Real”da jamoaviy xarakter mavjud, biz 6 o'yinda 26 ta gol urdik. Bu albatta, yaxshi natija, mavsumni mana shunday faollikda yakunlashga harakat qilamiz”, - dedi Zidan.