"Yuventus" klubi va Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Dino Dzoff EChL finalida turinliklarning "Real" bilan uchrashuvi oldidan fikrlarini bildirdi.
"O'ylashimcha, uchrashuv favoriti "Yuventus", chunki jamoa aniq maqsadli ko'rinmoqda. Krishtianu Ronaldu, albatta, o'ta xavfli bo'lishi mumkin, ammo "Yuventus"ning himoyasi ularni favorit qiladi. Men hatto hisobni 2:1 deb taxmin qilaman.
Kardiffga bormayman. O'yinni uyda, divanda ko'raman. Yaxshi salyamili sendvich va qizil vino bilan", - deydi Dzoff.