Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi darvozabon David De Xeani sotib yuborish haqida hech qanday qaror qabul qilishni istamayapti.
Ma'lumotlarga ko'ra, “qizil iblislar” 27 yoshli posbon uchun 100 million evro narx belgilab qo'yishgan.
Ammo shu bilan birga De Xeaga xaridor bo'layotgan “Real” ham futbolchilari orasida mushhur bo'lib ulgurgan Keylor Navas bilan xayrlashish haqida o'ylashmayapti.
Madridliklar bu haqda mavsum yakunida bir qarorga kelishadi. Hozircha jamoa amalga oshirilishi mumkin bo'lgan transfer haqida ma'lumot yig'ib turishadi.
Shuningdek, bugun De Xea “MYu” bilan yangi shartnoma imzolash arafasida ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.